Surxondaryoda yapon texnologiya universiteti tashkil etiladi

10:51 05 Iyul 2024 Jamiyat
142 0

Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Yaponiyaning “ARK educational systemʼs” kompaniyasi bosh direktori va Surxondaryo viloyatida tashkil etilayotgan Yapon texnologiya universiteti loyihasi asoschisi Genki Kajiura hamda Tanaka Medical Innovation Research Institute (TMI); NEXUS Co.Ltd rahbari Koichi Tanaka boshchiligidagi delegatsiya Termiz shahrida boʻldi.

Oʻtgan yilning dekabr oyida Surxondaryo viloyati hokimi boshchiligidagi delegatsiya Yaponiyada boʻlib, qator istiqbolli loyihalarni amalga oshirish yuzasidan kelishuvlarga erishgandi. Joriy yilning yanvar oyida Yaponiya konsulligi va qator yoʻnalishda faoliyat yurituvchi kompaniyalar vakillari hamda investorlardan iborat delegatsiya Surxon vohasining iqtisodiy-ijtimoiy salohiyatini oʻrganib, hamkorlikda amalga oshiriladigan loyihalarni muhokama etdi.

Mazkur loyihalarni birgalikda roʻyobga chiqarish uchun yaponiyalik ishbilarmonlardan iborat delegatsiya viloyat hokimi bilan uchrashdi.

Qabul chogʻida delegatsiya aʼzolarining oʻtgan uchrashuvlardagi kelishuvlari, shuningdek, yangi loyihalarni amalga oshirish borasidagi ishlar koʻrib chiqildi. Jumladan, Surxondaryo viloyatida Yapon texnologiya universiteti tashkil etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar, Termiz shahridagi “Mashhura” klinikasi bilan hamkorlikda tibbiyot xodimlari malakasini oshirish, shuningdek, VSee loyihasini nafaqat, viloyatda balki yurtimizdagi tibbiyot muassasalariga targʻib qilish masalalari muhokama qilindi.

Uchrashuvda viloyat rahbari Yapon texnologiya universitetini tashkil etish va boshqa istiqbolli loyihalarni amalga oshirishda barcha zaruriy koʻmaklar koʻrsatilishini bildirdi. Tadbir doirasida ikki tomonlama kelishuvlar boʻyicha memorandum imzolandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер