Surxondaryoda yangi haydovchilar tayyorlash va imtihondan oʻtkazish markazi ochildi

11:49 12 Noyabr 2025 Jamiyat
387 0

Surxondaryo viloyatida haydovchilik guvohnomasi olish jarayonini qulay, tezkor va shaffof tarzda tashkil etish maqsadida Termiz tumanida zamonaviy imtihon markazi foydalanishga topshirildi.

Markazda bir kunda nazariy jihatdan 800, amaliy jihatdan esa 400 nafardan imtihon olish imkoniyati mavjud boʻlib, barcha jarayonlar avtomatlashtirilgan elektron tizim orqali amalga oshiriladi. Shu tariqa adolatli baholash taʼminlanadi va korrupsiyaviy holatlar oldi olinadi.

Uch gektar maydonga barpo etilgan avtodromda oʻquv xonalari, barcha toifadagi transport vositalari uchun moslashtirilgan amaliy sinov yoʻlaklari, kuzatuv kameralari va xavfsizlik tizimlari tashkil etilgan. Imtihonlar A, B, C, D, BE, CE va DE toifalari boʻyicha oʻtkaziladi.

Shuningdek, markaz nogironligi boʻlgan fuqarolar uchun ham toʻliq sharoit yaratilgan: ular uchun maxsus moslashtirilgan avtotransport vositalari va infratuzilmalar tashkil qilingan.

Markazning ishga tushirilishi nafaqat haydovchilar tayyorlash sifatiga ijobiy taʼsir koʻrsatadi, balki aholiga yaqin, shaffof va zamonaviy davlat xizmatlarini koʻrsatishda muhim qadam boʻldi.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер