Surxondaryoda qovundan zaharlanish holati qayd etildimi?
Farhod ESONOV/“Xalq soʻzi”. Soʻnggi kunlarda ayrim norasmiy manbalarda Surxondaryo viloyatida yetishtirilgan qovunlarda nitrat miqdori meʼyordan ortiq ekani va buning oqibatida fuqarolar zaharlanayotgani haqida xabarlar tarqalmoqda.
Mazkur maʼlumotlarga oydinlik kiritish maqsadida Surxondaryo viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi boshqarmasi xulosalariga asosan viloyat hokimligi rasmiy munosabat bildirdi.
Qayd etilishicha, viloyatdagi barcha dehqon va oziq-ovqat bozorlarida sotuvga chiqarilayotgan poliz mahsulotlari, jumladan, qovunlar doimiy ravishda veterinariya-sanitariya laboratoriyalarida tekshiruvdan oʻtkaziladi. Faqat sanitariya meʼyorlariga javob beradigan mahsulotlargina savdoga chiqarilishiga ruxsat beriladi.
Ayni kunga qadar viloyatdagi biror tibbiyot muassasasiga qovun isteʼmoli bilan bogʻliq zaharlanish holati qayd etilmagan.
Shuningdek, ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolavhalardagi qovun navlari Surxondaryo viloyatida yetishtiriladigan mahsulotlarga hech qanday aloqasi yoʻq. Viloyat dehqonlari sifatli, xavfsiz va talablarga javob beradigan qovunlarni yetishtirib, mahalliy bozorlarga yetkazib bermoqda.
Shu munosabat bilan aholiga murojaat qilib, ijtimoiy tarmoqlardagi tasdiqlanmagan va norasmiy maʼlumotlarga ishonmaslik, faqat rasmiy manbalarga tayanish tavsiya etiladi. Videolarda keltirilgan maʼlumotlar asossiz boʻlib, haqiqatga toʻgʻri kelmasligi rasman maʼlum qilinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring