Surxondaryoda paxta yigʻim-terimiga start berildi
Bandixon tumani “Chashma” fermer xoʻjaligidagi paxta maydonlarida birinchilardan terim jadal surʼatda boshlandi.
Surxondaryo viloyatida yigʻim-terimga puxta tayyorgarlik koʻrilgan. Dalalarda texnikalar shay holatga keltirilgan, terimchilar otryadlari uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratilgan. Oziq-ovqat, yoqilgʻi-moylash mahsulotlari, maxsus vositalar zaxirasi shakllantirilib, mavsumni sifatli va qisqa muddatda yakuniga yetkazishga katta eʼtibor qaratilgan.

Darvoqe, anʼanaga koʻra, paxta yigʻim-terim mavsumi arafasida Al-Hakim at-Termiziy majmuasida ehson tadbiri tashkil etilgan edi. Unda davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, tuman hokimlari, qishloq xoʻjaligi faxriylari va jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Joriy mavsumda paxta terimida Xitoyda ishlab chiqarilgan zamonaviy FM WORLD 4MZ-4 rusumli paxta terish mashinalari viloyat dalalarida birinchi bor sinovdan oʻtkaziladi. Bu texnika hosilni tez va sifatli yigʻishda foydalanish uchun klaster va fermer xoʻjaliklari tomonidan jami 60 dona miqdorida xarid qilingan. Zamonaviy mashina paxtakorlar mehnatini yengillashtirishga xizmat qiladi.

Bu yil Surxondaryo viloyati paxtakorlari 62 ming 852 gektar maydonda gʻoʻza parvarishladi, birinchi boʻlib paxta topshirish rejasini bajarishni maqsad qilishgan.
Farhod ESONOV
“Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring