Surxondaryoda oʻqituvchi 15 kg “opiy” sotayotgan vaqtida ushlandi

08:25 10 Mart 2026 Jamiyat
75 0

Videodan kadr

Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida oʻqituvchi 180 ming dollarga narkotik sotayotganida qoʻlga tushdi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, Sariosiyo tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur tumandagi umumiy oʻrta taʼlim maktablaridan birida oʻqituvchi boʻlib ishlovchi, 1984-yilda tugʻilgan fuqaro muqaddam tojikistonlik narkokurerlar keltirib bergan 14 kg 680 gr “opiy” moddasini shartli xaridorga 180 ming AQSH dollariga sotgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.

Holat yuzasidan unga nisbatan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni oʻtkazish maqsadini koʻzlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlar qilish, shuningdek ularni qonunga xilof ravishda oʻtkazish) 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Hozirda narkosavdogarning jinoiy sheriklarini aniqlash boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер