Surxondaryoda noqonuniy ov qilgan fuqaro aniqlandi
Surxondaryo viloyatida Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi hamda viloyat Milliy gvardiya boshqarmasi hamkorligida oʻtkazilgan navbatdagi reyd tadbirlari davomida noqonuniy ov qilish holati fosh etildi.
Reyd jarayonida Termiz tumani Uchkoʻl atrofidagi dasht hududida Toshkent shahri Shayxontohur tumanida yashovchi fuqaro Y.F. tomonidan 13 bosh yovvoyi quyon noqonuniy ravishda ovlangani aniqlandi.
Tekshiruv natijasida fuqaro ovni taqiqlangan usulda — tunda yorituvchi moslamadan foydalangan holda amalga oshirgani maʼlum boʻldi.
— Tunda yorituvchi moslamalardan foydalanib ov qilish amaldagi qonunchilikka zid hisoblanadi, — deydi Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim oʻzgarishi bosh boshqarmasi matbuot xizmati rahbari Temur Gʻoyibnazarov. — Bunday qoidabuzarliklar yovvoyi hayvonlar sonining kamayishiga sabab boʻladi va tabiiy muvozanatga salbiy taʼsir koʻrsatadi. Shu bois, tabiatni muhofaza qiluvchi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar tomonidan muntazam reyd tadbirlari olib borilmoqda.
Mazkur holat yuzasidan fuqaroga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda chora koʻrildi. Ov jarayonida foydalanilgan fuqaro Y.F.ga tegishli 3 dona ov miltigʻi ashyoviy dalil sifatida olib qoʻyilib, viloyat IIBga topshirildi. Ayni paytda tabiatga yetkazilgan zarar miqdori aniqlanmoqda.
Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Yanvar oyida yuz nafardan ortiq amerikalik oʻqish uchun Oʻzbekistonga keldi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring