Surxondaryoda kadastr xodimi 300 mln soʻm bilan ushlandi
Foto: Prokuratura departamenti
Surxondaryo va Fargʻona viloyatlarida yer maydonlarini sotmoqchi boʻlgan shaxslar ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.
Qayd etilishicha, Departamentining Denov tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda fuqaro M.N. va kadastrlar palatasi Oltinsoy tuman boʻlimi muhandisi A.N. oʻzaro til biriktirgani hamda fuqaro A.Y.ning ishonchiga kirib, unga Oltinsoy tumani “Ipoq” MFY hududidagi davlat zaxirasidagi 65 sotix yer maydonini 1,1 mlrd soʻmga sotishga kelishib, shundan 300 mln soʻmini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Departamentning Bagʻdod tumani boʻlimi, DXX va IIB xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa “Sh-B.” fermer xoʻjaligi ishchisi Sh.Yu. fuqaro F.B.ning ishonchiga kirib, unga ushbu fermer xoʻjaligiga qarashli 26 sotix hamda tutash hududdagi suv yetkazib berish xizmatiga qarashli muhofaza zonasidagi 14 sotix yer maydonini 60 ming dollarga sotishga kelishib, oldindan 35 ming dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan qoʻlga olingan.
Hozirda mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring