Surxondaryoda yer savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi
Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Departament
Surxondaryoda yer savdosi bilan bogʻliq firibgarlik holati fosh etildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Termiz tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, fuqaro E.R. “N.J.” fermer xoʻjaligiga tegishli 30 sotix yer maydonini fuqaro B.ga oʻzining yer maydoni sifatida koʻrsatib, ushbu yer maydonini 105 mln soʻmga sotishga kelishib, hujjatlarini keyinchalik rasmiylashtrib berishni vaʼda qilib, oldindan 70 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.
Tekshiruv davomida, E.R. oʻz aybiga iqror boʻlib, 15 mln soʻmni qaytarganligi protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring