Surxondaryoda er xotini va 5 oylik farzandini majburlab, bir necha oy davomida molxonada saqladi (+video)
Ijtimoiy tarmoqlarda Surxondaryo viloyati Uzun tumanida ayol va uning yangi tugʻilgan farzandiga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik qilib, bir necha oy davomida majburan molxonada saqlagani haqida xabarlar keng tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi munosabat bildirdi.
Unda aytilishicha, shu yilning 26-avgust kuni Surxondaryo viloyati Uzun tumanidagi mahallalarning birida nomaʼlum ayol kishi antisanitariya holatida xonadon egalari tomonidan molxonada majburiy ushlab turilganligi haqida Ichki ishlar boshqarmasiga murojaat kelib tushgan.
Mazkur murojaatga asosan mahalla profilaktika inspektori zudlik bilan voqea joyiga yetib borgan hamda xonadon egalarini qarshiligiga qaramasdan molxona eshigini buzib kirgan. Aniqlanishicha, xonadon egasi 1981-yilda tugʻilgan fuqaro Sh.A.ning norasmiy turmush oʻrtogʻi 1997-yilda tugʻilgan fuqaro X.G. va uning 5 oylik oʻgʻil farzandini ogʻir sharoitda majburlab saqlab kelayotgani maʼlum boʻlgan. Jabrlanuvchilar zudlik bilan tibbiyot muassasasiga joylashtirilgan.
Holat oʻrganilganda, xonadon egasi fuqaro Sh.A., shu xonadonda yashovchi onasi va yaqin qarindoshlari bilan oldindan til biriktirib, norasmiy turmush oʻrtogʻi fuqaro X.G.ni ruhiy holatidagi oʻzgarishlari borligidan (tilida nuqsoni borligi, fikrlarini toʻliq bayon qilishga qiynalishi) foydalanib bir necha oy davomida unga nisbatan tazyiq va zoʻravonlik ishlatib, majburlab, xonadon ichidagi molxonada yashirin ravishda saqlab kelishganligi fosh qilingan.
Hozirda jabrlanuvchi X.G. Uzun tumani tibbiyot birlashmasi jarrohlik boʻlimiga, farzandi esa tugʻruq boʻlimiga davolanish uchun joylashtirilib, ularning sogʻligʻi bilan bogʻliq vaziyat viloyat ijtimoiy himoya boshqarmasi masʼullari tomonidan alohida nazoratga olingan.
Ushbu holat yuzasidan, Uzun tumani IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi JKning 126 prim 1-moddasi 7-qismi “a”, “ye” bandlari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, gumonlanuvchilar Sh.A. va uning ishga aloqador boʻlgan uch nafar yaqin qarindoshlari protsessual tartibda qamoqqa olingan.
Jinoyat ishi Surxondaryo viloyati IIB tomonidan qatʼiy nazoratga olingan boʻlib, ish yuzasidan barcha tegishli sud-tibbiyot ekspertizalari tayinlanib, tergov-protsessual harakatlar olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Prezident Oʻzbekiston bojxona sohasi xodimlariga tabrik yoʻlladi
- Toshkentda Osiyo Olimpiya kengashiga yangi rahbar saylandi (+fotoreportaj)
- “Yangi Oʻzbekiston yulduzlari” milliy mukofoti xalqaro darajaga koʻtarilmoqda
- AQSH Adliya vazirligi Epshteyn ishi boʻyicha 3 millionta faylni eʼlon qildi
- Tramp Kubadan kelayotgan tahdid sabab AQSHda favqulodda holat eʼlon qildi
- Toshkentdagi Xalqaro kongress markazida Osiyo Olimpiya kengashining 46-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring