Surxondaryoda daraxt qoʻporgan shaxs 20 million soʻmdan ortiq jarimaga tortildi
Surxondaryo viloyatida jiyda daraxtini ildizi bilan qoʻporib olgan fuqaro jazolandi. Bu haqida viloyati Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Unda aytilishicha, Jarqoʻrgʻon tumani “Oltintepa” mahallasi “Oqtepa” massivida fuqaro M.X. ichki ariq qazish jarayonida ehtiyotsizlik tufayli jiyda daraxtini qoʻporib olgan.
Ushbu holat yuzasidan fuqaro M.X.ga Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksning 79-moddasi 1-qismiga binoan bazaviy hisoblash miqdorining 25 barobari — 10 million 300 ming soʻm miqdorida maʼmuriy jarima qoʻllangan.
Bundan tashqari, fuqaroning ushbu ehtiyotsizligi oqibatida oʻsimlik dunyosiga yetkazilgan zarar 9 million 888 ming soʻm etib hisoblangan va belgilangan tartibda undirish choralarini koʻrish tayinlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda Kasbiy taʼlim agentligi tashkil etiladi
- Roʻziqul Berdiyevning matbuot anjumanidagi fikrlari yuzasidan surishtiruv oʻtkaziladi
- AQSH Rossiyaga bosim oʻtkazishning muqobil usullarini oʻrganmoqda
- Tramp Koreya yarimorolidagi mojaroga yakun yasashga vaʼda berdi
- Oʻzbekistonning yangi trayektoriyasi: Asosiy xorijiy transferlar xaritasi
- Hindistonda “Montta” sikloni sababli qariyb 90 ming kishi evakuatsiya qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring