Surxondaryoda “Damas” 3 kishini urib ketdi
Surxondaryo viloyati Shoʻrchi tumanida “Damas” rusumli avtomashina piyodalar yoʻlagidan oʻtayotgan 3 kishini urib ketdi. Mazkur holat yuzasidan viloyat Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi maʼlumot berdi.
Qayd etilishicha, voqea joriy yilning 22-sentyabr kuni soat 14:00 da Shoʻrchi tumani Navroʻz mahallasi hududidan oʻtuvchi 4K 592 avtomobil yoʻlining 2-kilometrida sodir boʻlgan.
Oʻsha kuni 27 yoshli haydovchi “Damas” avtomashinasini boshqarib ketayotganida rul boshqaruv qurilmasida nosozlik yuzaga kelgan. Oqibatda mashina yoʻlning qarama-qarshi tomoniga chiqib ketgan va tartibga solinmagan piyodalar oʻtish joyida turgan 3 nafar piyodani urib yuborgan.
Piyodalar ushbu YTH tufayli olgan tan jarohatlari bilan tuman tibbiyot birlashmasiga yetkazilgan.
Hozirda holat yuzasidan Shoʻrchi tumani IIB tomonidan yoʻl-transport hodisasi oqibatida olgan tan jarohatining ogʻirlik darajasini, hamda transport vositasining texnik holatini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiy va texnik ekspertiza tayinlanib, tergovga qadar surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring