Surxondaryoda bankir va kassir bankomat pulini oʻmargani aniqlandi

10:59 25 Fevral 2026 Jamiyat
263 0

Foto: Prokuratura departamenti

Surxondaryo viloyati Jarqoʻrgʻon tumanida bankomatlarga ajratilgan pulni oʻzlashtirgan shaxslar aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

Qayd etilishicha, Departamentning Jarqoʻrgʻon tumani boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda hududiy tijorat banki bank xizmatlari markazi sobiq shoʻba mudiri T.S. oʻziga biriktirilgan bankomatlarga ajratilgan 262,5 mln soʻmni, shuningdek nazoratchi kassiri S.N. 132,8 mln soʻmni oʻzlashtirish va rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Bildirilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер