Surxondaryoda 29 nafar shaxs Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini oldi

16:08 05 Yanvar 2026 Jamiyat
342 0

Prezidentimizning tegishli farmoniga muvofiq, Surxondaryo viloyatida 29 nafar shaxsga Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligi berildi. Bu ularning jamiyat hayotida toʻlaqonli ishtirok etishi, konstitutsiyaviy huquq va ijtimoiy himoyadan foydalanishi yoʻlida muhim qadam boʻldi.

Jarqoʻrgʻon tumani hokimligida boʻlib oʻtgan tantanali marosimda fuqarolik pasportlari oʻz egalariga topshirildi. Fuqarolikka qabul qilinganlar orasida 20 yildan buyon tumanda yashab kelayotgan Sevara Dovutova ham bor.

— Bugun umrimdagi eng baxtli kunlardan biri. Endi men ham shu yurtning toʻlaqonli fuqarosiman. Bu imkoniyat uchun Prezidentimizga chin dildan minnatdorlik bildiraman, — dedi u.

Marosimda ishtirok etgan mutasaddilar mazkur qaror inson qadrini ulugʻlash, adolat va bagʻrikenglik tamoyillarining amaliy ifodasi ekanini taʼkidladilar.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?