Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida yashil hududlar barpo etilmoqda

09:27 04 Fevral 2026 Jamiyat
338 0

Bugun ekologik barqarorlikni taʼminlash va yashil hududlarni kengaytirish masalasi davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylandi. Bu borada belgilangan vazifalar ijrosi joylarda aniq loyihalar va manzilli ishlar orqali taʼminlanmoqda.

Prezidentimizning Oliy Majlis va Oʻzbekiston xalqiga Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalar asosida Surxondaryo viloyatida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida keng koʻlamli ishlar izchil amalga oshirilmoqda. Xususan, viloyat boʻyicha 10 ming gektar maydonda yashil hududlar barpo etish rejalashtirilgan.

Jumladan, Angor tumanida tanlab olingan 220 gektar yer maydonida “yashil belbogʻ” yaratish ishlariga start berildi.

Loyiha ilmiy yondashuv asosida amalga oshirilmoqda. Hududning tuproq-iqlim sharoiti atroflicha oʻrganilib, olimlar va soha mutaxassislari tavsiyasiga muvofiq manzarali hamda mevali daraxt koʻchatlari ekilyapti.

Farhod ESONOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер