Surxondaryo viloyatida qishloq xoʻjaligi va oziq-ovqat mahsulotlari zaxirasi yaratilmoqda

16:45 16 Sentyabr 2022 Jamiyat
881 0

Foto: Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Surxondaryo viloyat boshqarmasi, uning hududiy boʻlimlari tomonidan oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasini taʼminlash, kuz-qish mavsumida aholiga asosiy turdagi oziq-ovqat mahsulotlari yetkazib berish hamda narxlarning sunʼiy oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xususan, viloyatdagi 60 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlarga qarashli 13 ta sovutgich va 47 ta omborxonalarda 34,1 ming tonna asosiy turdagi oziq-ovqat va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari zaxirasi yaratilgan. Shundan, kartoshka 1274 tonna, piyoz 723 tonna, sabzi 711 tonna, guruch 257 tonna, oʻsimlik yogʻi 403,8 tonna, un 2364 tonna, shakar 158 tonna, bugʻdoy 28 154 tonnani tashkil etadi.

Bundan tashqari ichki isteʼmol bozorini muhim turdagi mahsulotlar bilan uzluksiz taʼminlash hamda zaxirasini yaratish, ijtimoiy ahamiyatga ega boʻlgan tovarlar narxining barqaror saqlanishi, ularga boʻlgan sunʼiy tanqislik va ajiotaj talabni vujudga keltirishga qarshi kurashish hamda oldini olish masalasi departament organlari tomonidan toʻliq nazoratga olingan.

Viloyatdagi barcha dehqon bozorlari, koʻchma savdo yarmarkalarida dehqonlarga qulay savdo sharoiti yaratilib, ularga bozor rastalaridan joy ajratish hamda “Daladan dasturxongacha” tamoyili asosida kafolatli savdo tizimi yoʻlga qoʻyilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?