Surxondaryo va Toshkent viloyatlarida qiymati 1,5 mlrd soʻmga yaqin tabiiy gaz talon-toroj qilindi

12:25 21 Iyul 2025 Jamiyat
203 0

Ikki hududda qiymati 1,5 milliard soʻmga yaqin tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, inspeksiyaning Surxondaryo viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Denov tumanida joylashgan yakka tartibdagi tadbirkor «Y. F. R.«ga qarashli binoning gaz qurilmalarini hisoblagichdan tashqari yashirin ravishda gaz tarmogʻidan foydalanib kelayotganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra gaz taʼminoti korxonasiga 307,3 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Shu kabi boshqa bir holatda esa Oʻzenergoinspeksiya Toshkent viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan nazorat tadbirida Toshkent tumanida joylashgan “I. S. S.” MCHJga qarashli binodagi gaz qurilmalarini shartnomasiz hisoblagichdan tashqari tarmoqqa ulab, tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganligi aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga koʻra elektr taʼminoti korxonasiga 1 milliard 134 million soʻmlik zarar yetkazilganligi maʼlum boʻldi.

Hozirda ushbu holatlar yuzasidan huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер