Qashqadaryo maktablaridan birida oʻrta maktab oʻquvchilari janjallashdi 

01:34 18 Oktyabr 2021 Jamiyat
1579 0

Qashqadaryoning Chiroqchi tumanidagi oʻrta maktab oʻquvchilari maktabda mushtlashuv uyushtirdi. Oʻquvchilar videoga olib, ijtimoiy tarmoqlarga tarqatgan.

Viloyat xalq taʼlimi boshqarmasi xabar berishicha, jang 20-sentabr kuni Chiroqchi tumanidagi 1-maktab hududida sodir boʻlgan. 2, 4 va 5-maktablarning 9-11-sinf oʻquvchilari maktabda uchrashgan hamda oʻzaro janjallashgan.

Mojaroning sababi nomaʼlumligicha qolgan. Qizlarning ota-onalari Maʼmuriy Javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 47-moddasi (Bolalarni tarbiyalash va oʻqitish majburiyatlarini bajarmaslik) boʻyicha qonun oldida javob beradi.

Qayd etilishicha, ota-onalariga 1 dan 5 baravargacha miqdorda jarima solish koʻzda tutilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер