Suriyaliklarga tashlab ketilgan 2 yoshli bola Oʻzbekistonga qaytarildi

12:30 25 Dekabr 2025 Jamiyat
399 0

Oʻzbekiston elchixonasi tomonidan Maskatdagi suriyaliklar xonadonida hech qanday hujjatlarsiz qoldirib ketilgan, 2023-yilda tugʻilgan oʻzbekistonlik bolakayga tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, Oʻzbekistonga qaytarildi. Bu haqida “Dunyo” axborot agentligi maʼlum qildi.

Bildirilishicha, ushbu bola tugʻilganida uning onasi tomonidan tugʻruqxonaga nikoh tuzilganligi haqida guvohnoma taqdim etilmagani sababli, chaqaloqqa hech qanday hujjat rasmiylashtirishning imkoni boʻlmagan. Shuningdek, bolaning onasiga nisbatan Oʻmonda jinoiy ish ochilgani bois, u tugʻruqxonani yashirin ravishda tark etgan.

Maʼlum boʻlishicha, ona bolasining suriyalik oilaga vaqtincha qarab turish bahonasi bilan qoldirib, Oʻzbekistonga qochib ketgan. Suriyalik oila bolaga yaxshi munosabatda boʻlib, ikki yil davomida parvarishlagan. Hozirda Suriyada tinchlik oʻrnatilgani sababli, ular oʻz vatanlariga qaytishga qaror qilgan. Shu sababli, Suriya fuqarolari bolani Oʻzbekiston elchixonasiga topshirib, oʻz vataniga qaytib ketgan.

Taʼkidlanishicha, 2023-yilda Oʻmondan Oʻzbekistonga qochib ketgan ona boshqa qilgan jinoyatlari uchun 2024-yilda Oʻzbekistonda hibsga olinib, hozirda jazo muddatini oʻtamoqda.

Elchixona tomonidan bolaning hujjatlarini toʻgʻrilash maqsadida Oʻmonning tegishli idoralari olib borilgan muzokaralar natijasida vatandoshimizga tugʻilganlik haqidagi guvohnoma rasmiylashtirilib, 18-dekabr kuni elchixona xodimi hamrohligida Maskat–Dubay, Dubay–Toshkent yoʻnalishida Oʻzbekistonga qaytarilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер