Suriyada terrorchilar safiga borib qoʻshilgan jizzaxlik yigit 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi
Jizzax viloyatida yashovchi D.Raimov 2023-yilda “Instagram” ijtimoiy tarmogʻidan foydalanib, faoliyati taqiqlangan “Tavhid va Jihod katibasi” xalqaro terrorchilik tashkiloti tarafdorlarining gʻoyaviy taʼsiriga tushib qolgan.
U mazkur tashkilotning Suriya Arab Respublikasidagi tarafdorlari safiga borib qoʻshilgan va terrorchilik tashkilotida turli gʻoyaviy va harbiy tayyorgarlikdan oʻtayotib, Suriya davlati armiyasi tomonidan amalga oshirilgan harbiy amaliyot natijasida jiddiy jarohat olgan.
2023-yil 27-noyabr kuni esa D.Rayimovning sogʻligʻi yomonlashib, “Tavhid va Jihod” tashkiloti aʼzolari koʻmagi bilan Suriyadan Turkiyaga davolanish maqsadida oʻtgan va aynan shu vaqtda Turkiya huquqni muhofaza qiluvchi organi xodimlari tomonidan qoʻlga olinib, Oʻzbekistonga deportatsiya qilingan.
JIB Yangiobod tuman sudida mazkur jinoyat ishi koʻrib chiqilib, D.Raimovga nisbatan tegishli moddalarga asosan 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring