Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi qonun muhokama qilindi

10:59 01 Noyabr 2025 Siyosat
395 0

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Senatning oʻn birinchi yalpi majlisida “Sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlar tartibga solinishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun koʻrib chiqildi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Taʼkidlanganidek, mamlakatimizda sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy etish hamda qoʻllash, raqamli maʼlumotlardan foydalanilish imkoniyatini va ularning sifati yuqori darajada boʻlishini taʼminlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar amalga oshirilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Tahlillar sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish hamda uni moliyalashtirish hajmi oshib borayotganini koʻrsatmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Mazkur Qonun bilan tegishli qonun hujjatlariga, jumladan “Axborotlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonunga sunʼiy intellektni qoʻllash orqali yuzaga keladigan munosabatlarni tartibga soluvchi oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritilmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Xususan, “sunʼiy intellekt” tushunchasiga huquqiy taʼrif berilmoqda, ushbu sohadagi davlat siyosatining asosiy yoʻnalishlari hamda maxsus vakolatli organning vazifalari belgilanmoqda, axborot resurslarini yaratishda hamda axborot tizimlari ishida sunʼiy intellektdan foydalanishning umumiy qoidalari hamda ushbu texnologiyalardan foydalanishda shaxsga doir maʼlumotlar daxlsizligini taʼminlashga qaratilgan qoidalar belgilanmoqda.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Senatorlarning fikricha, ushbu Qonun sunʼiy intellekt texnologiyalarini yanada rivojlantirishga, undan foydalanishning umumiy asoslarini belgilashga hamda mazkur sohada yuzaga keladigan munosabatlarda fuqarolarning huquq va erkinliklarini yanada ishonchli himoya qilishga xizmat qiladi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”
Foto: Yunus Boʻriyev / “Xalq soʻzi”

 

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер