Sulola davomchisi ekanimdan faxrlanaman
Kechagidek esimda, otamga “Men sizning izingizdan boraman”, deganimda u kishi juda xursand boʻlib, “Barakalla, oʻgʻlim. Sen ishonchimizni oqlaysan, albatta”, deya oq fotiha bergandi.
Dastlab Toshkent Oliy umumqoʻshin qoʻmondonlik bilim yurtida tahsil oldim. Harbiy bilim va koʻnikmalarimni mustahkamlab bordim. Yurtimizning qay bir sarhadida xizmat burchimni oʻtamay, Vatan himoyachisi, degan sharafli nomga munosib boʻlishga intilyapman. Vatanimiz osmoni tinch va musaffo boʻlishi, milliy armiyamiz unda yigitlik burchini oʻtayotgan yoshlar uchun hayot maktabiga aylanishi yoʻlida biz, harbiy xizmatchilar bundan keyin ham oʻz bilim va salohiyatimizni ayamaymiz. Harbiylar sulolasi davomchisi ekanim ham zimmamga katta masʼuliyat yuklaydi. Boisi nafaqat otam, balki rahmatli bobom ham umrining ancha qismini armiyaga bagʻishlagan. Ikkinchi jahon urushida ishtirok etgan. Shunday sulolaning vakili ekanim menga gʻurur baxsh etadi.
Ayni paytda isteʼfodagi podpolkovnik sanalgan otamning izlaridan borib kam boʻlayotganim yoʻq. Toʻrt nafar farzandim bor. Ularni el-yurtga sadoqatli, vatanparvar qilib tarbiyalashni ham otalik, ham ofitserlik burchim deb bilaman.
Orif JUMAYEV,
Buxoro viloyatidagi N-harbiy qism komandirining
tarbiyaviy – mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, podpolkovnik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- “Barselona” qiyin gʻalabani qoʻlga kiritdi
- Ayollar Osiyo chempionati musobaqasining 3-tur oʻyinlari davom ettirildi
- Tramp Erondagi harbiy operatsiya “deyarli yakunlanganini” maʼlum qildi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring