Sud ishlariga oid hujjatlarni qancha muddatdan soʻng davlat arxiviga topshirish mumkin? — dolzarb savollarga javoblar

Bugun AOKAda boʻlib oʻtgan brifingda «Oʻzarxiv» agentligi matbuot kotibi Anvarjon Aliyev aholi murojaati va savollari yuzasidan maʼlumot taqdim etdi.
Savol: Sud ishlariga oid hujjatlarni qancha muddatdan soʻng davlat arxiviga topshirish mumkin?
Javob: “Arxiv ishi toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 24- moddasiga asosan fuqarolik holati dalolatnomalari yozuvlari, notarial harakatlar yozuvlari, sud ishlari va xoʻjalik kitoblari idoraviy arxivlarda yetmish besh yil mobaynida saqlanishi lozim.
Savol: Bobom Samarqand viloyatida 1903-yillarda qozi lavozimida faoliyat yuritganlar. Ular toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni arxivdan topsam boʻladimi?
Javob: Qozilar faoliyatiga oid arxiv hujjatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni Oʻzbekiston Milliy arxivining fondlaridan topishingiz mumkin.
Savol: Ishxonamiz hujjatlari yonib ketgan. Pensiyaga chiqishim kerak, nima maslahat berasiz?
Javob: Tashkilot hujjatlari yonib ketganligi toʻgʻrisidagi dalolatnomaning nusxasini pensiya jamgʻarmasiga taqdim etish kerak boʻladi.
Savol: Rossiya fuqaroligini olmoqchiman. Oʻzbekistonda oʻqiganligim boʻyicha bir qancha hujjatlar kerak ekan. Maktab shahodatnomam yoʻqolgan, shuni olishim uchun qaysi tashkilotga uchrasam boʻladi?
Javob: Birinchi navbatda oʻzingiz taʼlim olgan maktabga murojaat qilasiz, agar oʻqiganlik maʼlumotlari maktab arxivida boʻlmasa, maktab sizga tuman xalq taʼlimi boʻlimiga murojaat qilish uchun yoʻllanma beradi va xalq taʼlimi bu boʻyicha sizga maʼlumot taqdim etadi.
Savol: Men 6 yil oldin ogʻzaki kelishuv asosida uyini olgan fuqaro hozirda Rossiyaga koʻchib ketgan. Arxivga uy qarorini olgani borsam mulk egasi shaxsan yoki ishonchnoma asosida murojaat qilish kerak deyishdi. Mulk egasining qayerdaligini aniqlash va u bilan bogʻlanish imkoni mavjud emas. Ushbu holatda qanday yoʻl tutsam boʻladi?
Javob: Advokat yollashingiz tavsiya etiladi. Mazkur hujjatlar advokat soʻroviga koʻra ishonchnomasiz berilishi mumkin. Sizning holatingizda uy-joyga egalik masalasi sud orqali tasdiqlangani maqsadga muvofiq.
Savol: Iqtisodiy qiyinchilik sabab korxonamni yopmoqchiman. Hujjatlarni arxivga topshirishim uchun toʻlov borligini aytishdi. Men aynan iqtisodiy nochorlik sababli korxonani tugatmoqchiman. Hujjatlarni qanday arxiv saqloviga topshirsam boʻladi?
Javob: Tashkilotlar tugatilganda ularning faoliyati natijasida tashkil topgan shaxsiy tarkib hujjatlari, shuningdek, vaqtinchalik saqlash muddati tugamagan arxiv hujjatlari tugatish komissiyasi (tugatuvchi) va arxiv oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida, tartibga keltirilgan holda arxivga qabul qilinadi. Tugatish bosqichida arxiv hujjatlarini tartibga keltirish zaruriyati boʻlsa ularni tartibga keltirish tugatish komissiyasi (tugatuvchi) tomonidan tashkil etiladi.
Hujjatlarni faqat sudning qaroriga koʻra bepul qabul qilish mumkin.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Eron va Isroil oʻrtasidagi ziddiyatlar xronologiyasi yoxud bugungi “urush”ning ildizi qayerda?
- Parkentda yiliga 20 ming sayyohni qabul qiladigan turistik majmua ochilmoqda
- “100 milliondan ortiq gullar, modalar haftaligi hamda turfa taomlar taqdimoti”: Namanganda oʻtkazilayotgan 64-Xalqaro gullar festivalidan video va fotoreportaj
- Oʻzbekiston tarixida ilk bor mundial yoʻllanmasini qoʻlga kiritgan milliy terma jamoamiz Toshkentga qaytib keldi — Fotoreportaj
- Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi Isroil–Eron mojarosi yuzasidan bayonot berdi
- “Air India” fojiasidagi tirik qolgan yagona yoʻlovchi hikoyasi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring