Sud ikki kishini pichoqlagan “razborshik”ni 20 yil qamoq jazosiga hukm qildi

15:15 21 May 2019 Jamiyat
1323 0

Illyustrativ foto

2018 yil 27 oktyabrida Namangan shahrining “Goʻzal” dahasida joylashgan “Barlos” kafesi yaqinida mudhish qotillik jinoyati sodir etilgandi. Shu kuni mahalliy “razborshik” sifatida tanilgan 24 yoshli N. K. qahvaxonada ikki yigit bilan mojaroga boradi va tashqariga chiqqanda ulardan birining yuragiga pichoq uradi. Natijada “Oromgoh” dahasida yashab kelgan 21 yoshli J. J voqea joyida halok boʻladi. Uning sherigi esa qornidan yaralanadi.

Tezkor ravishda qoʻlga olingan qotil ustidan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi yaqinda oxiriga yetkazildi. U jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “l” bandi, 25, 97-moddasi 2-qismi “a, l” bandlarida nazarda tutilgan jinoyatlarni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Sud hukmiga koʻra, endi N.K.umrining 20 yilini qattiq tartibli koloniyada oʻtkazadi.

Qudratilla NAJMIDDINOV, “Xalq soʻzi”.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер