Sud hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi
Foto: Yunus Boʻriyev/“Xalq soʻzi”
Yalpi majlisda sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarining ijro etilishi holati yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi direktori M.Egamberdiyevga yuborilgan parlament soʻrovi natijalari koʻrib chiqildi.
Taʼkidlanganidek, parlament soʻrovida aks etgan masalalar boʻyicha muayyan ishlar amalga oshirilgan.
Xususan, hisobot davrida 4,2 mln ta ijro hujjati boʻyicha qarzdorliklar amalda undirilib, bu koʻrsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 48 foizga ortgan.
Shu davrda jami 29,9 trln soʻm, jumladan davlat foydasiga 17,9 trln soʻm undirilib, oʻtgan yilning mos davriga nisbatan umumiy undiruv 2,9 trln soʻmga (11 %), davlatga undiruv 7,6 trln soʻmga (73 %) oshgan.
Majburiy ijro sohasiga IT — texnologiyalarini keng joriy etish va ijro jarayonida inson omilini kamaytirish maqsadida “MIB — Portal” dasturi 39 ta vazirlik, idora va tashkilotlarning 68 ta axborot tizimiga integratsiya qilingan. Sohani raqamlashtirish natijasida Byuroda 20 tadan ortiq axborot tizimlari ishlab chiqilgan va 95 mlrd soʻm mablagʻlar tejalishiga erishilgan.
Shu bilan birga, parlament soʻrovidagi ayrim masalalar hamon dolzarbligicha qolayotgani qayd etildi.
Jumladan, “Aliment toʻlovlari” jamgʻarmasi hisobidan toʻlab berilgan mablagʻlar hamda ularning jamgʻarmaga qaytarilishi yuzasidan yetarlicha chora-tadbirlar amalga oshirilmagan.
Sud hokimiyatining hujjatlari barcha davlat organlari va boshqa tashkilotlar, mansabdor shaxslar hamda fuqarolar uchun majburiyligini amalda taʼminlash borasida koʻrilayotgan choralar yetarli boʻlmaganligi bois, ayrim hokimliklar, davlat ulushi 50 foizdan yuqori boʻlgan va byudjet tashkilotlari tomonidan qarzdorlik oʻz vaqtida toʻlanmasdan qolmoqda.
Senatorlar sohaga sunʼiy intellekt texnologiyalarini joriy qilish, qonunchilikni takomillashtirish, majburlov mexanizmidan foydalanmagan holda ijro etiladigan hujjatlar toifasi yanada kengaytirish kabi yoʻnalishlarga eʼtibor qaratish lozimligi haqida oʻz fikrlarini bildirdi.
Muhokama yakunida Senatning tegishli qarori qabul qilindi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Erkinjon Turdimov: “Muammo binoda emas, muammo rahbar va uning ish uslubida”
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Prezident prokuratura organlari xodimlari va faxriylariga tabrik yoʻlladi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- “Men prezidentman. Men halol odamman. Men aybsizman”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring