Strategik rejalashtirish tizimi yangicha yondashuvlar asosida tashkil etiladi
“Strategik rejalashtirish va rivojlanish tizimini yangicha yondashuvlar asosida tashkil etish va samarali yoʻlga qoʻyish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori (PQ–394-son, 30.12.2025-y.) qabul qilindi.
Qarorga koʻra, strategik rejalashtirish hujjatlarining samaradorlik koʻrsatkichlarini monitoring qilish Strategik rejalashtirish va rivojlanishning raqamli platformasi orqali amalga oshiriladi. Bunda:
- maqsadli koʻrsatkichlarga masʼul boʻlgan davlat organlari
- va tashkilotlari tomonidan har bir samaradorlik koʻrsatkichiga erishish boʻyicha haqiqiy maʼlumotlar, natijalar va tasdiqlovchi hujjatlar doimiy ravishda kiritib boriladi;
- milliy darajadagi keng qamrovli strategik rejalashtirish hujjatlarining asosiy samaradorlik koʻrsatkichlari boʻyicha davlat organlari reytingi tuziladi va Boshqaruv samaradorligi agentligi tomonidan Davlat organlari faolligining milliy reytingini shakllantirishda inobatga olinadi;
- Raqamli platformada soha, tarmoq, hududlarni rivojlantirish bilan bogʻliq dasturlarni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjatlar loyihalaridagi mablagʻ ajratilishini talab qiladigan masalalar asoslantirilmagan loyiha Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan kelishilmaydi.
Shuningdek, Strategik rivojlanish va islohotlar agentligi tomonidan hududlarni rivojlantirish boʻyicha taklif va tashabbuslarni ishlab chiqish “Islohotlar shtablari” bilan yaqin hamkorlikda amalga oshiriladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring