Strategik islohotlar agentligining qoʻshimcha vazifalari belgilandi
Foto: “Xalq soʻzi”
“Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Strategik islohotlar agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni (PF–180-son, 08.11.2023-y.) qabul qilindi.
Farmon bilan Strategik islohotlar agentligining qoʻshimcha vazifalari belgilandi. Shunga koʻra, Agentlik:
— aholini tashvishga solayotgan masalalar va muammolarga yechim topish hamda ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega boʻlgan yoʻnalishlarni transformatsiya qilish boʻyicha istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqadi;
— ijtimoiy soha, iqtisodiyot va boshqa ahamiyatga ega yoʻnalishlarda xorij mamlakatlarida amalga oshirilayotgan islohotlar va ilgari surilayotgan tashabbuslarni (shu jumladan, xorijiy davlatlar rahbarlarining chiqishlari va nutqlarini) oʻrganishni tashkil qilib, ularni Oʻzbekiston sharoitida implementatsiya qilish boʻyicha takliflar ishlab chiqadi;
— xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari, konsalting kompaniyalari, yetakchi xorijiy ilmiy-tadqiqot va ekspert muassasalari hamda mutaxassislarning tavsiyalarini tahlil qilish va umumlashtirish, maqbul tashabbuslarni implementatsiya qilish boʻyicha takliflar tayyorlaydi;
— istiqbolli tashabbuslarni ishlab chiqish yuzasidan respublikaning ilmiy tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi.
Respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari har oyda jalb qilingan xorijiy ekspertlar, konsultantlar va maslahatchilar tomonidan bajarilgan ishlar toʻgʻrisida batafsil maʼlumotni Strategik islohotlar agentligiga taqdim qilib boradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “E-ekspertiza” platformasi orqali elektron hujjatlar almashinuvini yoʻlga qoʻyish tartibi tasdiqlandi
- Nodavlat sud-eksperti sifatida faoliyat yuritish yanada soddalashtiriladi
- “Istanbul Bashakshehir” mehmondan gʻalaba bilan qaytdi
- Ukrainaning uch viloyatida portlashlar qayd etildi. Qurbonlar bor
- Bu yil Oʻzbekiston Proligasida 14 ta jamoa ishtirok etadi
- Shavkat Mirziyoyev Vashington shahrida Tinchlik kengashining dastlabki yigʻilishida ishtirok etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring