Standartlashtirish toʻgʻrisida yangi qonun qabul qilindi
Foto: Arxiv surat
“Standartlashtirish toʻgʻrisida”gi Qonun (OʻRQ–800, 03.11.2022-y.) Prezident tomonidan imzolandi.
Qonunga koʻra, Oʻzbekistonning milliy standartlashtirish tizimini quyidagilar tashkil etadi:
— Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi huzuridagi Oʻzbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi;
— Standartlashtirish boʻyicha milliy organ;
— davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari;
— standartlashtirish boʻyicha texnik qoʻmitalar.
Standartlashtirishning asosiy vazifalaridan biri fuqarolarning hayotini, sogʻligʻini va mol-mulkini hamda atrof-muhitni muhofaza qilishdan iborat.
Standartlashtirish rejasi quyidagi muddatli istiqbol uchun qabul qilinishi mumkin:
— qisqa (1 yilgacha);
— oʻrta (1 yildan 5 yilgacha);
— uzoq (5 yildan 10 yilgacha).
Standartlarning yagona axborot bazasi Standartlashtirish boʻyicha milliy organ tomonidan shakllantiriladi va yuritiladi.
Standartlarning toifalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
— milliy standartlar;
— xalqaro (mintaqaviy) standartlar;
— xorijiy mamlakatlarning standartlari.
Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran 12 oy oʻtgach kuchga kiradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sogʻliqni saqlash vazirligi “Elektron retsept” tizimi boʻyicha rasmiy bayonot berdi
- Oʻzbekistonda naqd pulga uy-joy va mashina oldi-sotdisi bekor qilinadi
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Avstraliyada 16 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlandi
- Uchinchi Renessansga eltuvchi maʼrifat koʻprigi: Oʻzbekiston—Pokiston hamkorligining yangi bosqichi
- Muhammad Saloh faoliyatini Saudiyada davom ettirishi mumkin
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring