Standartlashtirish sohasida “body camera” bilan ishlash tizimi joriy etildi
Foto: Халқ сўзи
“Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasida korrupsiya bilan bogʻliq holatlarni oldini olish va faoliyat shaffofligini taʼminlash maqsadida “body camera”lar bilan ishlash tizimi yoʻlga qoʻyildi.
Maʼlumki, mamlakatimizda “yagona darcha” bojxona axborot tizimi hisoblangan “singlewindow.uz” sayti ishga tushirilgan boʻlib, muvofiqlikni baholash sohasida inson omilini qisqartirish uchun ishlab chiqaruvchi va tadbirkorlar “UzTest” davlat muassasasi orqali mahsulotlarini sertifikatlashtirishda faqatgina ushbu sayt orqali ariza yoʻllashi, hujjat topshirishi va sertifikatini qabul qilib olishi mumkin.
Muhim jihati shundaki iboratki, Markazning sertifikatlashtirish organlari xodimlari ariza yoʻllagan murojaatchi mahsulotlarini sinov laboratoriyalariga taqdim etish uchun joylarga chiqqan holda mahsulot partiyasidan belgilangan meʼyor va talablarga asosan namuna tanlab oladi hamda zamonaviy sinov laboratoriyalar majmuasiga topshiradi. Ushbu jarayonning ochiq va oshkoraligini taʼminlashga qaratilgan yangi kuzatuv vositalari bilan korrupsiyaning oldini olish, mamlakatimiz bozorlariga sifatsiz mahalliy va import mahsulotlar kirib kelishining keskin darajada qisqartirilishiga erishiladi.
Maʼlumot oʻrnida, aholi va tadbirkorlar talabidan kelib chiqqan holda mahsulotlarni sertifikatlashtirish, sinovdan oʻtkazish va boshqa sohada koʻrsatiladigan xizmatlar narxlari ochiq tarzda “Oʻzbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi” davlat muassasasining rasmiy “uztest.uz” saytida joylashtirilgan boʻlib, ushbu maʼlumotlarni batafsil koʻzdan kechirish va toʻliq shaklini yuklab olish imkoniyati yaratilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring