SSV: Toshkent shahrining 12 ta tumanida maxsus COVID poliklinikalari faoliyat boshladi
Soʻnggi kunlarda dunyoda koronavirus infeksiyasi yana avj oldi. Ayniqsa, kasallikning Omicron shtammi sababli qator mamlakatlarda vaziyat ancha tahlikali. Shu sababli koʻplab davlatlar keskin karantin choralarini qoʻllash orqali murakkab vaziyatni izga solishga urinmoqda.
Yurtimizda ana shu kabi salbiy holatlarning oldini olish, xususan, koronavirus infeksiyasi aniqlangan, biroq xastalik klinik belgilarsiz yoki yengil shaklda kechayotgan bemorlar salomatligini nazorat qilish, ularga ambulator va uyiga borgan holda sifatli tibbiy xizmat koʻrsatish maqsadida kunlik koʻrsatkichlar sezilarli darajada oshib borayotgan Toshkent shahrining 12 ta tumanida 1 tadan maxsus poliklinikalar faoliyati yoʻlga qoʻyildi.
Tibbiy-sanitariya muassasalari va xizmat koʻrsatish yoʻnalishi yaqin boʻlgan 4 ta dispanser hamda 8 ta oilaviy poliklinika binosida ish boshlagan mazkur muassasalar aholiga har kuni 24 soat davomida xizmat koʻrsatadi. Har bir muassasaga shifokorlar bilan bir qatorda, tibbiyot oliy oʻquv yurtlarining yetakchi mutaxassislari ham jalb qilingan.
Shuningdek, bemorlarga shoshilinch tibbiy yordam koʻrsatish maqsadida ushbu poliklinikalar rentgen, kislorod kondensatorlari, pulsoksimetr, ekspress-test, zarur dori-darmonlar, sarflov materiallari, dezinfeksiyalovchi eritmalar bilan taʼminlangan.
Murojaat qilgan bemorlar ogʻirlik darajasiga koʻra saralanib, ahvoli yengil fuqarolarga uyda davolanishlari uchun zarur tavsiya va koronavirusga qarshi dori-darmonlar boʻlgan “COVID-box”lar beriladi. Bemorning ahvoli ogʻir boʻlsa, zudlik bilan maxsus shifoxonaga yuboriladi.
Bundan tashqari, koronavirus kasalligiga qarshi emlash ishlarini samarali olib borish maqsadida poytaxtimizdagi 12 ta koʻp tarmoqli va 66 ta oilaviy poliklinikalarda maxsus mobil brigadalar faoliyati ham yoʻlga qoʻyildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Reuters: Asadning Moskvadagi tarafdorlari Suriyada qoʻzgʻolon rejalashtirmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring