SSV: Xirurgiya markazida tashkil etilgan 4 ta zamonaviy laboratoriya bemorlarga aniq tashxis qoʻyadi
Kasallikni davolash, eng avvalo, toʻgʻri va tezkor tashxis qoʻyishni taqozo etadi. Ayniqsa, jarrohlik yoʻnalishida buning ahamiyati yuqori.
Ayni paytda akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi negizida
— eksperimental xirurgiya;
— ilmiy;
— patomorfologiya;
— organ va toʻqimalarni transplantatsiya qilish kabi 4 ta zamonaviy tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan laboratoriyalar mavjud. Mazkur boʻlimlar faoliyati markazning ilmiy-amaliy salohiyati bilan uzviy bogʻliq.
Birgina, 2022-yilda foydalanishga topshirilgan yangi — patomorfologik boʻlim bemorlarga biopsiya shaklida aniq tashxis qoʻyuvchi muhim laboratoriya hisoblanadi. Ayni paytda mazkur blokda koʻplab potomorfologik tibbiy tekshiruvlar oʻtkazilmoqda.
Aytish kerak, avvallari muassasada bunday zamonaviy tibbiy xizmat boʻlmagan. Shu sababli shifoxonaga murojaat qilgan aksariyat bemorlar xususiy klinikalarda gistologik tibbiy tekshiruvlardan oʻtib kelishga majbur edi. Endilikda esa bunga hojat yoʻq.
Markazda kuniga 25-30 ta jarrohlik operatsiyasi bajarilayotgan boʻlsa, har bir amaliyotdan maʼlum makropreparat olinib, ushbu boʻlimga yuboriladi. Mazkur blok bemorlarga patologik anomal vaziyatlarda biopsiya shaklida eng soʻnggi va aniq patomorfologik tashxis qoʻyish hamda kasallik darajasini aniqlash imkonini beradi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nilufardan Qobiljongacha... Qobuljon Rossiyada etnik nafrat tufayli vahshiylarcha oʻldirilgan birinchi bola emas
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Dual taʼlim — yetuk mutaxassis tayyorlash kafolati
- “Oʻzbekiston – dunyoga hali ochilmagan ilm xazinasi” — Xalqaro avtomobil federatsiyasi Prezidenti
- Ona tili va adabiyot fanidan mustaqil oʻqish uchun tavsiya etilgan badiiy asarlar roʻyxati eʼlon qilindi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring