SSV: Bogʻchada zaharlangan bolaga davo muolajalaridan soʻng uyiga javob berilgan. Ayni paytda u sogʻlom

17:07 28 Avgust 2019 Jamiyat
864 0

Ijtimoiy tarmoqlarda bogʻchada boʻëq suyultirgich ichib qoʻygan 5 yashar bola ogʻir ahvolda reanimatsiyada ekanligi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan Sogʻliqni saqlash vazirligi quyidagilarni maʼlum qiladi.

Haqiqatdan, Xorazm viloyati Xonqa tumani Madir qishlogʻida yashovchi 5 yashar Sharipov Lochinbek Jasurbek oʻgʻli 32-sonli “Qaldirgʻoch” bolalar bogʻchasida bilmasdan boʻëq suyultirgich (razbavitel) ichib qoʻygani oqibatida 22-avgust kuni soat 17.10da tuman tibbiyot birlashmasi qabul boʻlimiga murojaat qilgan va shoshilinch tez tibbiy yordam boʻlimiga yotqizilgan. Unga boʻyoq eritish vositasidan zaharlanish tashxisi qoʻyilgan.

Boʻlimda shifokorlar tomonidan bemorning oshqozoni yuvilib, zudlik bilan intensiv davo muolajalari olib borilgan. Koʻrilgan tezkor choralar natijasida bemor ahvoli yaxshilandi va ertasi kuni bolalar boʻlimiga oʻtkazilgan. Mazkur boʻlimda ham davo muolajalari davom ettirilgan holda 24-avgust kuni shifokorlar tekshiruviga koʻra, ahvoli qoniqarli deb topilib, uyiga ruxsat berilgan.

Bundan tashqari, 28-avgust kuni tuman tibbiyot birlashmasining bir guruh mutaxassislari Sharipov Lochinbek Jasurbek oʻgʻlining uyiga borib, uni qoʻshimcha koʻrikdan oʻkazishgan. Tekshiruv natijalariga koʻra, bolaning ahvoli qoniqarli va sogʻlom. Ayni paytda u shifokorlarning doimiy nazoratida.

Sogʻliqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер