Ayiq qafasidan olib chiqilgan qizaloqning salomatligi 18 yoshga toʻlguniga qadar nufuzli tibbiyot markazi nazoratida boʻladi
Bir muddat oldin hayvonot bogʻida onasi tomonidan ayiq qafasiga tashlangan, baxtli tasodif sabab yirtqichdan zarar koʻrmay qolgan qizaloq Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazida davolanayotgani haqida xabar bergan edik.
Sogʻliqni saqlash vazirligi shifoxonada bir necha kundan beri muolaja olayotgan qizaloqning holati boʻyicha quyidagilarni maʼlum qiladi.
2018-yilda tugʻilgan bemor Z. A. shu yilning 29-yanvarida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazining bolalar boʻlimi qabulxonasiga “Tez yordam” mashinasida olib kelingan edi.
Shundan soʻng unda standart boʻyicha nevrologik, ultratovush va bosh miya MSKTsi kabi qator tekshiruvlar amalga oshirilib, qizaloq bolalar reanimatsiya boʻlimiga yotqizilgan va tegishli mutaxassislar ishtirokida zarur davo choralari koʻrilgan. Uning umumiy ahvoli yaxshilangach, boshqa boʻlimga oʻtkazilgan.
Hozir bemor tibbiyot xodimlari nazorati ostida rejali muolajalarni davom ettirmoqda. Sogʻligʻi kundan kun tiklanib boryapti.
Shuningdek, Sogʻliqni saqlash vazirligi bemor qizaloq Z.A.ning 18 yoshga toʻlguniga qadar salomatligini doimiy nazorat qilish uchun Bolalar milliy tibbiyot markazi va uning direktori, tibbiyot fanlari doktori Alisher Sharipovni shaxsan masʼul etib belgiladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Barselona” La Ligada navbatdagi gʻalabasini qoʻlga kiritdi
- Bugun 2026-yilgi Jahon chempionatiga qurʼa tashlanadi
- Prezident poytaxtda transport tizimini yangilashga doir muhim qarorni imzoladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring