Sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov bilan uchrashdi
Foto: Sportni rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati
Joriy yilning 8-noyabr kuni Oʻzbekiston Respublikasi sportni rivojlantirish vaziri Adxam Ikramov Sankt-Peterburg shahri gubernatori Aleksandr Beglov bilan uchrashdi.
Uchrashuvda Milliy Olimpiya qoʻmitasi, Sankt-Peterburg shahri mutasaddilari va ommaviy axborot vositalari ishtirok etishdi.
Mehmonlarga Oʻzbekiston Respublikasi Sportni rivojlantirish vazirligi faoliyati, davlatimiz rahbari tomonidan aholi, ayniqsa, yoshlar orasida sportni rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar va yangilanishlar haqida maʼlumot berildi.
Shuningdek, A. Beglov davlatimiz tomonidan sogʻlom turmush tarziga amal qilish, sport bilan shugʻullanishga qaratilayotgan eʼtibor maqtovga sazovor ekani va bu kabi islohotlar kelajakda sogʻlom va har tomonlama barkamol avlodning yetishishiga zamin yaratishini alohida taʼkidladi.
Uchrashuvda tomonlar sport va jismoniy tarbiya sohasida hamkorlik va tajriba almashish masalalarini muhokama qildi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Loʻlilar faqat tilanchimi?...” Ular yashayotgan mahalladan fotoreportaj
- Yangilanayotgan Markaziy Osiyo: birlik, doʻstlik va hamkorlikning yangi bosqichi
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Nogironligi boʻlgan fuqarolarga 30 mln soʻmgacha foizsiz ssuda ajratiladi
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring