Sportchi va parasportchilarni tayyorlaydigan murabbiylarga malaka sertifikati berish va ularni qayta tayyorlash tizimi soddalashtiriladi

Parasportchilar, ayniqsa nogironligi boʻlgan qizlarning imkoniyatiga qarab, boshqa sportchilar bilan birga shugʻullanishiga sharoit yaratish muhimligi taʼkidlandi.
Sportchi va parasportchilarni tayyorlaydigan murabbiylarga malaka sertifikati berish va ularni qayta tayyorlash tizimi soddalashtiriladi.
Bu toifadagi yoshlardan terma jamoalarni shakllantirish boʻyicha seleksiya tizimi boshqa sportchilar bilan bir xil boʻlib qolgani koʻrsatib oʻtildi. Masalan, bugungi kunda faqat respublika musobaqalari sovrindorlari terma jamoaga qabul qilinayapti.
Nogironligi boʻlgan sportchilar uchun bu tizim mutlaqo oʻzgartiriladi. Bundan buyon yoshlar musobaqa natijasiga qarab emas, balki sport normativlarini bajarishiga qarab ham terma jamoaga qabul qilinadi.
Sport musobaqalari va sport yigʻinlarini tashkil qilishda olimpiya va paralimpiya tizimiga oʻtiladi. Endi qayerda qanday chempionat boʻlsa, unga yonma-yon parasport musobaqasi ham oʻtkaziladi, yigʻinlar ham birgalikda tashkil qilinadi.
Bu haqiqiy inklyuziv tizimga aylanadi, nogironligi bor sportchilar uchun motivatsiya va ragʻbat boʻladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Jahon olimlari nigohi yana Oʻzbekistonga qaratildi
- Ekrandagi qabohatning hayotdagi aksi yoki yengil-yelpi seriallar jamiyatga nima beryapti?
- Prezident Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik yoʻlladi
- Dollar kursi tushishda davom etmoqda
- Oʻzbekistonda dollar kursi oʻzgardi
- Oʻzbekistonda dollarning rasmiy kursi oʻzgardi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring