“Sport – tinchlik elchisi” musobaqasi mamlakatimiz talabalarini birlashtirdi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Sport – tinchlik elchisi” shiori ostida “Imom Moturidiy kubogi” sport musobaqalarining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Respublikamizda tahsil olayotgan barcha diniy muassasa talabalarini o‘zida to‘plagan ushbu tadbirda O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ham ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olgan rasmiylar oliy va diniy ta’lim muassasalari o‘rtasida sportni ommalashtirish, talabalarni sog‘lom turmush tarzi va jismoniy faollikka jalb qilish, ta’lim muassasalari o‘rtasida sportni targ‘ib qilish orqali do‘stona aloqalarni mustahkamlash muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlashdi.
Musobaqa doirasida yoshlar mini-futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka, kibersport, kurash, arqon tortish, tosh ko‘tarish kabi turlar bo‘yicha bellashishmoqda.
Shuningdek, sport sohasidagi o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va uni yangi bosqichga olib chiqish maqsadida Sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Milliy Paralimpiya qo‘mitasi, Xalqaro islomshunoslik akademiyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nega biz haligacha oʻzga sayyoraliklar bilan uchrashmaganmiz?
- Aholi va qishloq xoʻjaligini onlayn roʻyxatga olish boshlanishiga 3 kun qoldi
- “Katta sakrash” yoxud Oʻzbekiston sunʼiy intellekt va raqamli texnologiyalar rivojida yangi bosqichga qadam qoʻydi
- Oʻzbekistonda 2025-yilda 150 tonnadan ortiq sifatli qon tayyorlangan
- 16-yanvar kuni baʼzi joylarda qor yogʻadi
- Koʻrfaz arab davlatlari bozoriga bojsiz kirish imkoni yaratiladi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring