Sport taʼlim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sport boʻlimlari tashkil etiladi
Oʻzbekistonda jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarga sport bilan shugʻullanishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ularning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishlarini taʼminlash va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash maqsadida Prezident Shavkat Mirziyoyev “Paralimpiya harakatini rivojlantirishga doir qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi qarorni imzoladi.
Qarorga muvofiq, barcha turdagi sport taʼlim muassasalarida jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslar uchun sport boʻlimlarini bosqichma-bosqich tashkil etish hamda iqtidorga ega boʻlgan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni tanlab olish, ularni sport turlariga yoʻnaltirish, tayyorlash hamda oliy sport mahoratiga erishishni taʼminlovchi uzluksiz yagona kompleks tizimni joriy etish belgilandi.
Shuningdek, hujjat bilan paralimpiya sport turlari boʻyicha malakali mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini yaratish hamda ilmiy tadqiqotlar olib borish koʻzda tutilgan.
Qaror bilan jismoniy imkoniyati cheklangan va nogironligi boʻlgan shaxslarni ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash, ularning jamiyatda munosib oʻrin egallashlarini ragʻbatlantirish, jismoniy va ijtimoiy moslashuvi integratsiyasini dasturiy-uslubiy taʼminlash rejalashtirilmoqda.
Sport taʼlim muassasalarida (shu jumladan, oliy taʼlim muassasalarida) faoliyat yuritayotgan paralimpiya sport turlari boʻyicha mutaxassislarning mehnatiga haq toʻlash va ragʻbatlantirish tizimini kuchaytirish kabi masalalar ham qarorda oʻz ifodasini topgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring