Sport, ko‘ngilochar va dam olish sohasidagi xizmatlar hajmining yarmidan ko‘pi Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelgan

11:38 16 Avgust 2023 Iqtisodiyot
734 0

Illyustrativ foto

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2023 yilning yanvar-iyun oylarida respublika bo‘yicha sport, ko‘ngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi 536,4 mlrd so‘mni tashkil etgan.

Ushbu sohada ko‘rsatilgan bozor xizmatlari hajmining 58,1 %i Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda.

Hududlar kesimida sport, ko‘ngilochar va dam olishni tashkil qilish sohasidagi xizmatlar hajmi:

Toshkent shahri – 311,8 mlrd so‘m 

Toshkent viloyati – 97,7 mlrd so‘m

Farg‘ona viloyati – 22,3 mlrd so‘m

Samarqand viloyati – 18,4 mlrd so‘m

Namangan viloyati – 17,7 mlrd so‘m

Jizzax viloyati – 11,7 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati – 11,1 mlrd so‘m

Andijon viloyati – 10,5 mlrd so‘m

Buxoro viloyati – 9,1 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati – 7,7 mlrd so‘m

Xorazm viloyati – 6,1 mlrd so‘m

Navoiy viloyati – 5 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston R. – 3,8 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati – 3,4 mlrd so‘m

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?

Ko‘p o‘qilganlar

Yangiliklar taqvimi

Кластер