Spirtli va tamaki mahsulotlari savdosi toʻxtatiladimi?
Illyustrativ surat
Nima uchun savdo shaxobchalari yopilayotgan davrda spirtli ichimliklar sotuvchi shaxobchalar faoliyat olib bormoqda, bu zaruriy oziq-ovqat emasku. Shularni yopib qoʻysak boʻlmaydimi? Ushbu savolga Ichki ishlar vazirligi Axborot xizmati rahbari Shohruh Gʻiyosov javob berdi.
“Sizga tushunarli qilib javob berishga harakat qilaman: agar biz spirtli ichimliklarni yoki sigaret mahsulotlarini savdosini toʻxtatib qoʻysak, odamlar bu mahsulotni uyda qoʻlbola tayyorlashni boshlaydilar. Bu esa, oʻz navbatida, koʻplab ommaviy zaharlanishga olib keladi. Hozir bizga endi odamlarning qoʻlbola spirtli ichimlikdan zaharlanib oʻlishi yetmay turgan edi. Agar bilsangiz, tarixda bu davrdan oʻtganmiz, 80-yillarda Sobiq Ittifoq hukumati “suxoy zakon” eʼlon qilgan, yaʼni spirtli ichimliklarni ishlab chiqarish va savdosi toʻxtatilgan. Shu davrda odamlarning qoʻlbola tayyorlangan spirtdan zaharlanib oʻlishi 400 foizga oshib ketgan. Mana, Sizning savolingizga aniq javob”, dedi Gʻiyosov.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring