“Sovuq qurol”ini oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi
Foto: Illustrativ
Oʻqotar boʻlmagan qurolni oʻz ixtiyori bilan topshirgan shaxslar javobgarlikka tortilmaydi. Bu haqda “Huquqiy axborot” kanali maʼlum qilgan.
Maʼlum qilinishicha, Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksga qoʻshimcha kiritilgan.
Qayd etilishicha, shaxs oʻzining qonunga xilof egaligida boʻlgan pnevmatik, signal beruvchi, tigʻli sovuq, uloqtirish quroli va oʻzini oʻzi himoya qilish qurolini ixtiyoriy ravishda topshirsa maʼmuriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
Bundan avval bunday norma mavjud emas edi. Ushbu oʻzgartirilish bilan vaziyat yumshatiladi. Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Avvalroq, Makkada qiyin ahvolda qolgan oʻzbekistonlik Vatanga qaytarilgandi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring