Sotsiolog olim, professor Abdulahad Qahhorov oʻldirib ketildi
Sotsiolog olim, professor Abdulahad Qahhorov Toshkent shahridagi oʻz uyida oʻldirib ketildi. Bu haqda “Xalq soʻzi”ga Bosh prokurorning matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov maʼlum qildi.
Bildirilishicha, voqea joriy yilning 18-iyul kuni sodir boʻlgan. Oʻsha kuni soat 22:00 larda Olmazor tumani IIO FMB navbatchilik qismiga tumanning Qora-Qamish 2/5-dahasida istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan shu hududdagi xonadonda shovqin ovozi eshitilayotganligi toʻgʻrisida xabar kelib tushgan.
Murojaat boʻyicha tezkor-tergov guruhi voqea joyiga yetib kelib, xonadon eshigini ochishganda ushbu xonadonning balkon qismida 73 yoshli fuqaro Abdulahad Qahhorov tanasining turli qismida kesilgan tan jarohatlari bilan vafot etganligi aniqlangan.
Maʼlum qilinishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan, Olmazor tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi. Gumonlanuvchi shaxs protsessual tartibda ushlangan. Sodir etilgan jinoyat sabablari aniqlanmoqda.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekiston Respublikasining xorijdagi diplomatlaridan iborat delegatsiya aʼzolari Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi (+fotoreportaj)
- Dunyo boʻylab qon va koʻzyosh bilan oʻtgan bir hafta — 20 ta suratda
- “Analog turmush tarzi”. Insonlarda sunʼiy intellektga qarshi kayfiyat kuchaymoqda
- Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida “Yaldo kechasi” romanining taqdimoti oʻtkazildi
- “Butun el-yurtimizni birlashtiradigan ulugʻ bir gʻoya bor. U ham boʻlsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”
- “Nigilist pingvin”. Ruhan ezilgan va hayotdan maʼno izlayotganlar uchun noodatiy mem ommalashmoqda
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring