Soʻnggi toʻqqiz oyda Oʻzbekiston 287,8 mln. dollarlik qurilish materiallarini eksport qildi
“Oʻzsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi matbuot xizmati tomonidan berilgan maʼlumotlarga koʻra, joriy yilning toʻqqiz oyida Oʻzbekistondagi tarmoq korxonalari tomonidan 287,8 mln. AQSH dollarlik qurilish materiallari va xizmatlari eksporti amalga oshirildi. Bu 2020-yilning shu davridagiga nisbatan 84 mln. dollarga koʻpdir.
Aksariyat qurilish materiallari boʻyicha tarmoqda yangi quvvatlar ishga tushirilishi va modernizatsiya qilinishi, investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi hamda yangi korxonalar eksportga jalb qilinishi hisobiga baʼzi turdagi qurilish materiallari eksporti bir necha barobarga oshgan. Misol uchun, 2020-yilga nisbatan keramik plitkalar 2,6 barobar, gulqogʻoz 2,2 barobar, tabiiy pardozbop toshlar 5,6 barobar, oyna mahsulotlari 2,6 barobar koʻp xorij bozorlariga sotilgan.
Joriy yilning oʻtgan davrida qurilish materiallari eksporti geografiyasi anʼanaviy hisoblangan bozorlar, yaʼni Qozogʻiston, Tojikiston, Qirgʻiziston, Turkmanistondan tashqari Afgʻoniston, Rossiya, Litva, Turkiya, Ukraina, Ozarbayjon, Xitoy va Eron davlatlari hisobiga kengaygan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- “Bashakshehir” Turkiyaning grand klubi bilan durang oʻynadi
- Sakkizta gol urilgan oʻyinda “Barselona” gʻalaba qozondi
- Oʻzbekiston milliy terma jamoasi uchun Jahon chempionati qurʼasi omadli oʻtdimi?
- Ўзбекистон терма жамосининг Жаҳон чемпионатидаги ўйин саналари эълон қилинди
- AQSH Yevropadan NATO majburiyatlarining asosiy qismini oʻz zimmasiga olishni talab qildi
- Germaniyada oʻquvchilar harbiy chaqiruvga qarshi namoyishga chiqdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring