Soʻnggi oʻn yillikning ramziy terma jamoasi eʼlon qilindi
Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) soʻnggi oʻn yil ichidagi dunyoning eng yaxshi futbolchilaridan iborat ramziy terma jamoasini tuzdi.
Unga koʻra quyidagi futbolchilar ramziy terma jamoadan joy oldi:
Darvozabon: Manuel Noyer “Bavariya” (Germaniya).
Himoyachilar: Filipp Lam (“Bavariya”, Germaniya), Serxio Ramos, Marselo (“Real Madrid” Ispaniya) va Virjil van Deyk (“Liverpul”, Angliya).
Yarim himoyachilar: Toni Kross, Luka Modrich (“Real Madrid” Ispaniya) va Andres Inesta («Vissel Kobe», Yaponiya).
Hujumchilar: Krishtianu Ronaldu («Yuventus», Italiya), Lionel Messi (“Barselona”, Ispaniya) va Robert Levandovski (“Bavariya”, Germaniya).
12-yanvar kuni IFFHS soʻnggi oʻn yillikning eng yaxshi murabbiyini maʼlum qilgan edi. Ushbu eʼtirofga Ispaniyaning «Atletiko Madrid» klubi bosh murabbiyi Diyego Simeone sazovor boʻldi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Hokimlik Toshkentni “yuva boshladi“. Xoʻsh, suv sepish havo ifloslanishini kamaytiradimi?
- “Adabiyot va hayot”: Sultonboy Dehqonovning shaxsiy fotokoʻrgazmasi ochildi (+fotoreportaj)
- Kambagʻallikni qisqartirish: pul emas, aql-idrok va bilim muhim
- Oʻzbekistonda xotin-qizlarga nisbatan raqamli zoʻravonlikka barham berish boʻyicha 16 kunlik kampaniya boshlandi
- “Matonatli Maryam” filmi keng jamoatchilikka taqdim etildi
- FIDE jahon kubogi chempioni Javohir Sindarovni kutib olish marosimi boʻlib oʻtdi (+fotoreportaj)
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring