Soʻnggi ikki yilda 169 ming gektar paxta maydonlarida tomchilab sugʻorish joriy qilindi

16:06 28 Iyun 2022 Siyosat
892 0

Foto: president.uz

Prezident raisligida videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi. 

Yil yakuniga qadar har bir klasterda urugʻchilik, tuproq tahlili va biolaboratoriyalar hamda urugʻ tayyorlash sexlari ishga tushiriladi.

Davlat-xususiy sheriklik asosida Andijon, Buxoro va Surxondaryoda Paxtachilik instituti va Genomika markazining urugʻchilik va agrotexnologiya korxonalari tashkil qilinadi.

Shuningdek, har bir klaster yil yakuniga qadar tuproq unumdorligini tahlil qilib, yer maydonlari pasportini ishlab chiqishi va hosildorlikni oshirish choralarini belgilab olishi kerakligi taʼkidlandi.

Prezident barcha klasterlar suvni ilm bilan tejab ishlatishi shartligini qayd etdi.

Soʻnggi ikki yilda 169 ming gektar paxta maydonlarida tomchilab sugʻorish joriy qilindi. Yil yakuniga qadar 160 ming gektar, kelgusi yilda ham yana shuncha paxta maydonida tomchilatib sugʻorishni joriy qilish vazifasi qoʻyildi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?