Soʻnggi ikki yil ichida Rossiya Yevropaga gaz yetkazib berish boʻyicha birinchi marta AQSHni ortda qoldirdi

02:06 17 Iyun 2024 Dunyo
249 0

Arxiv surat

Rossiya 2024-yilning may oyida Yevropaga gaz yetkazib berish boʻyicha Amerika Qoʻshma Shtatlarini ortda qoldirdi. Bu haqda «Financial Times» ICIS tahliliy kompaniyasi maʼlumotlariga tayanib yozmoqda.

«Mintaqaning Rossiya yoqilgʻisidan voz kechishga urinishlariga qaramay, may oyida Yevropaning Rossiya gaz importi qariyb ikki yil ichida birinchi marta AQSH yetkazib berishidan oshib ketdi. Garchi bu alohida holatlarga bogʻliq boʻlsada, bu Yevropaning Rossiya gaziga qaramligini yanada kamaytirish qiyinligini taʼkidlaydi, chunki baʼzi Sharqiy Yevropa davlatlari qoʻshnilaridan importga qaram boʻlib qolmoqda», — deyiladi manbada.

ICIS maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan oyda Rossiyadan gaz va suyultirilgan gaz yetkazib berish Yevropa Ittifoqi, Buyuk Britaniya, Shveysariya, Serbiya, Bosniya va Gersegovina va Shimoliy Makedoniyadan import qilingan umumiy importning 15 foizini tashkil etdi. Shu bilan birga, Amerika suyultirilgan gazining ushbu mamlakatlar importidagi ulushi 14 foizni tashkil etdi, bu 2022-yil avgustidan beri eng past koʻrsatkichdir.

Taʼkidlanishicha, mavjud vaziyat «bir martalik omillar», masalan, AQSHdagi yirik suyultirilgan gaz eksport obyektining yopilishi bilan bogʻliq. Biroq, bu holat «ehtimol uzoq davom etmaydi», chunki Moskva shu yilning yozidayoq Shimoliy dengiz yoʻli orqali suyultirilgan gazni Osiyoga yetkazib bera oladi, deyiladi tahliliy kompaniya maʼlumotida.

2022-yil mart oyida Yevropa Ittifoqi Rossiyadan yoqilgʻi importini bosqichma-bosqich kamaytirish, energiya taʼminoti ishonchliligini oshirish va yashil oʻtishni qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlarini oʻz ichiga olgan RePowerEU rejasini ishlab chiqdi.

Rossiya Gʻarb uglevodorodlarni sotib olishdan bosh tortib, jiddiy xatoga yoʻl qoʻygani va shu orqali yangi qaramlikka tushib qolganini bir necha bor taʼkidlaydi. Moskvaga koʻra, endi bu davlatlar vositachilar orqali Rossiya neft va gazini qimmatroq narxlarda sotib olmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?