Soʻnggi 24 soat ichida Gʻazoga atigi 73 ta gumanitar yordam yuk mashinasi kiritildi (+video)
Ochlik kuchayib borayotgani sababli Gʻazo hududiga 73 ta yordam yuk mashinalari kiritildi. Bu haqida “Anadolu” nashri maʼlumot berdi.
Unda aytilishicha, soʻnggi 24 soat ichida Gʻazoga kiritilgan 73 ta yordam yuk mashinalari umumiy aholining ehtiyojlarini qondira olmaydi. Qariyb ikki yarim million mahalliy aholini ochlik girdobidan olib chiqish uchun, kuniga 600 ta yordam yuk mashinalari kiritilishi lozim.
Gʻazo rasmiylarining taʼkidlashicha, Isroil hukumati hududni qamal qilishi oqibatida ochlik inqirozi misli koʻrilmagan darajaga etgan. Soʻnggi maʼlumotlarga koʻra, gumanitar yordam yuk mashinalarining hududga kiritilmasligi tufayli shu vaqtga qadar 133 kishi, jumladan, 87 nafar bola ochlikdan halok boʻlgan.
“Ochlik qoʻrqinchli darajada kengaymoqda. Hozirda Gʻazoning butun aholisi, jumladan, 1,1 million nafar voyaga yetmagan bolalarning hayoti xavf ostida. Ochlik ularga juda salbiy taʼsir qilmoqda”, — deyiladi Gʻazo rasmiylari bayonotida.
Ommaviy axborot vositalarining maʼlum qilishicha, bir qancha hukumatlar va xalqaro tashkilotlar Gʻazoga yuzlab yordam yuk mashinalarini yetkazib berish rejalarini eʼlon qilgan. Amalda esa faqatgina 73 ta yuk mashinasi yetib kelgan. Ularning katta qismi Isroil kuchlari tomonidan nazorat ostiga olinib, talon-taroj qilingan yoki toʻsiqlarga uchragan.
Shuningdek, Gʻazo boʻylab, uch marta havodan yordam tarqatish ishlari amalga oshirilgan, ammo ularning umumiy hajmi ikkita yordam yuk mashinasiga teng boʻlgan. Bu esa mahalliy aholi ehtiyojini qondirish uchun juda kamlik qiladi.
Gʻazo sogʻliqni saqlash boshqarmasi maʼlumotlariga koʻra, Isroilning hujumlari oqibatida shu vaqtga qadar kamida 59 ming 733 kishi halok boʻlgan, yana 144 ming 477 kishi esa turli darajadagi tan-jarohatlari olib shifoxonalarga yotqizilgan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Oʻzbekistonning 7 ta moddiy va nomoddiy madaniy meros obyektlari AYSESKO roʻyxatiga kiritildi
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Erkaklar ayollarga nisbatan koʻproq kaloriya isteʼmol qilishi kerakmi?
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring