Soʻnggi 11 oy davomida Xalq taʼlimi vazirligida qancha mablagʻ oʻzlashtirilgani aytildi

11:25 02 Dekabr 2021 Iqtisodiyot
569 0

“9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni”ga bagʻishlangan Antikorrupsion haftalik doirasida Xalq taʼlimi vazirligida korrupsion holatlar boʻyicha yigʻilish boʻlib oʻtdi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Maʼlumotlarga koʻra, soʻnggi 11 oy davomida vazirlik tizimida 368,6 milliard soʻmlik moliyaviy xato va kamchiliklarning oldi olinishiga erishilgan. Shuningdek, vazirlik hisobotida 88 milliard soʻmlik moliyaviy xato-kamchiliklar aniqlangan. Shundan 27,5 milliard soʻmlik mablagʻ oʻgʻirlik hamda kamomad evaziga yoʻqotilgan.

Xalq taʼlimi vazirligi mablagʻlarni noqonuniy oʻzlashtirgan hududlar boʻyicha ham maʼlumot berdi. Xususan, Andijon viloyatining Andijon shahrida 11,5 milliard soʻm, Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida 11 milliard soʻm hamda Guliston shahrida 4 milliard soʻm miqdorda byudjet mablagʻlari oʻzlashtirilgan.

– Xususan, hozirga qadar sohada yoʻl qoʻyilgan xato va kamchiliklar yuzasidan 243 nafar rahbar xodimlar egallab turgan lavozimlaridan ozod etilgan, 3 ming 415 nafariga nisbatan intizomiy jazo choralari koʻrilgan, 151 ta holat boʻyicha toʻplangan materiallar huquq-tartibot idoralariga yuborilgan, – dedi Xalq taʼlimi vazirligining Nazorat-huquqiy xizmati boshligʻi Iskandar Toʻrayev.

Taʼkidlanishicha, jinoyat alomatlari boʻlgan 159 ta 72,9 milliard soʻmlik oʻrganish materiallari huquqiy baho berish va qonuniy choralar koʻrish maqsadida huquq-tartibot organlariga taqdim etilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?