Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashi tashkil etiladi
Illyustrativ foto
Prezidentning “Soliqqa oid nizolarni sudgacha hal qilish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligi xabar qildi.
Qaror tadbirkorlar va soliq organlari oʻrtasidagi nizolarni hal qilish uchun sarflanadigan vaqt va xarajatlarni kamaytirish maqsadida qabul qilingan.
Unga koʻra, Savdo-sanoat palatasi huzurida soliq, iqtisodiyot, moliya va huquq masalalari boʻyicha ekspertlardan iborat Soliqqa oid nizolar boʻyicha ekspert kengashi tashkil etiladi. Ekspert kengashining majlislari 1 oyda kamida 2-marta oʻtkaziladi.
Ekspert kengashiga soliqqa oid nizolarni koʻrib chiqishda soliq organlarining qarorlaridan norozi boʻlgan tadbirkorlarning murojaatlarini koʻrib chiqish (bundan jinoyat ishi doirasida yoki sud tartibida koʻrib chiqilayotgan soliqqa oid nizolar mustasno) vakolati beriladi.
Bundan tashqari kengash murojaatlarni koʻrib chiqish natijasi yuzasidan xulosa qabul qilishi va qabul qilingan xulosalarni majburiy tartibda koʻrib chiqish uchun soliq, bojxona va tegishli davlat organlariga yuborish hamda bu haqda tadbirkorni xabardor qilishi mumkin.
Avvalroq Andijon va Surxondaryoda Soliq boshqarmalarining bosh inspektorlariga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilgani haqida xabar qilgandik.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Abduqodir Husanov yana bir bor “Real Madrid”ga qarshi oʻynaydi
- Bolalar saratoniga qarshi kurash: xalqaro hamkorlikdagi muhim qadam
- Superliganing 2026-yilgi mavsumi boshlanmoqda
- Har burchagida tarix yashiringan shahar — Londondan fotoreportaj
- Dzyudo boʻyicha Toshkent “Katta dubulgʻa” musobaqasi boshlandi
- 1-mart — Zulfiya tavallud topgan kun. “Bugun tunda kelarmish bahor”
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring