Soliq sohasida tadbirkorlarga ayrim yengilliklar eʼlon qilindi
Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasi qoʻshma axborotida maʼlum qilinishicha, 2022-yil 1-apreldan “E-aktiv” dasturidan majburiy foydalanish toʻgʻrisidagi talab faqat 4 toifadagi (sement, shisha, yogʻoch va paxta) tovarga tatbiq qilinadi.
Dasturni tajribadagi 4 turdagi tovar boʻyicha qoʻllash natijalaridan kelib chiqib, tovarlar roʻyxati Davlat soliq qoʻmitasi tomonidan bosqichma-bosqich kengaytiriladi. Bunda dasturni barcha toifadagi tovarlarga joriy etishni 2023-yil IV chorakda yakunlash rejalashtirilmoqda.
“E-aktiv” dasturiy mahsulotidan foydalanmaganlik (tajriba tovarlari toifasiga kiritilgan tovarlar bundan mustasno) hamda haqiqatda yetkazib berilgan tovarga (xizmatga) mos kelmaydigan mahsulot va xizmat indentifikatsiya kodlarini koʻrsatgani uchun soliq toʻlovchilarga nisbatan javobgarlik choralari 2022-yil 1-sentyabrga qadar qoʻllanilmaydi.
Soliq toʻlovchilarning quyidagi soliq xavfi mezonlari (holatlari) qoʻllanilishi 2023-yil 1-yanvarga qadar toʻxtatib turiladi:
— rahbar shaxsining yoki moliyaviy boshqaruv vazifalarini amalga oshirayotgan shaxsning YAMMTda tasdiqlanmaganligi;
— oʻz koʻchmas mulki, ijaraga olingan yoki tekin foydalanilayotgan koʻchmas mulki yoʻqligi;
— soliq toʻlovchining manzili nominal joylashgan joy manzili bilan toʻgʻri kelishi (18 kvadrat metrdan kam);
— oxirgi 12 oy ichida soliq hisobotlarini oʻz vaqtida taqdim etmaslik holatlari mavjudligi;
— yollanma ishchilari yoʻqligi yoki 4 nafardan kamligi.
Ushbu mezonlar yirik soliq toʻlovchilarga va QQS toʻlovchisi sifatida yangi roʻyxatdan oʻtayotgan soliq toʻlovchilarga nisbatan toʻxtatilmaydi.
Soliq kodeksiga muvofiq, 2022-yil 1-yanvardan boshlab mol-mulk soligʻi hisoblanishi 1 kvadrat metr uchun mutlaq qiymatda belgilangan eng kam qiymatni (soliq solinadigan baza sifatida) hisobga olgan holda amalga oshiriladi.
Suv haydash minoralari, rezervuarlar, soyabonlar, beton maydonchalar va devorlar (bordyurlar) hamda boshqa shunga oʻxshash obyektlar boʻyicha soliq bazasini 2021-yildagi tartibga oʻxshash aniqlash tartibi saqlab qolinadi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Nodirbek Abdusattorov Pragadagi shaxmat festivalida chempionlikni qoʻlga kiritdi
- Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi Prix Versailles talqiniga koʻra 2026-yilning dunyodagi eng goʻzal muzeylari roʻyxatiga kiritildi
- Endilikda yoʻlovchi bojxona deklaratsiyasini mobil ilova orqali elektron shaklda topshirish mumkin
- Matchanov Umirzak Seitjanovichning iqtisodiyot fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya himoyasi eʼloni
- Yaqin Sharqdagi keskinlikning narxi: AQSH, Isroil hamda Eron urush uchun qancha sarflayapti?
- Eronning hujum salohiyati 50 foizga qisqardi – AQSH senatori
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring