Soliq qoʻmitasi tadbirkorlardan katta miqdorda pul yechib oldi
Ijtimoiy tarmoqlarda Soliq qoʻmitasi tadbirkorlardan asossiz ravishda katta miqdorda mablagʻlar yechib olgani haqidagi xabarlar tarqaldi. Murojaatchilar bu summa 6 trillion soʻmga yaqin ekanini aytmoqda.
Xususan, jurnalist Muhrim Aʼzamxoʻjayev Telegram kanalida eʼlon qilgan postda murojaatchining hisobidan qariyb 200 million soʻm yechib olingani keltirilgan.
“Bizdan 200 million atrofida noqonuniy pul yechib olishdi, oʻzim auditorman, hamma tashkilotlarda shu ahvol”, deb yozgan tadbirkorlardan biri.
Davlat soliq qoʻmitasi mazkur holat yuzasidan rasmiy bayonot bilan chiqib, unda elektron soliq xizmatlari (my3.soliq.uz) tizimida texnik nosozlik kuzatilayotganini maʼlum qildi.
Bayonotda keltirilishicha, mazkur nosozlik sababli solishtirma dalolatnoma boʻyicha vaqtincha notoʻgʻri maʼlumotlar (soliq qarzdorligi paydo boʻlishi, mablagʻ yechib olinishi va hokazo) aks etishi mumkin.
“Vaziyat nazoratga olingan. Hozirda mutaxassislar mazkur muammoni bartaraf etish ustida ishlamoqda. Nosozliklar bartaraf etilgach, barcha maʼlumotlar tiklanadi, notoʻgʻri yechilgan mablagʻlar qaytariladi.
Tushunganingiz uchun rahmat!” deyiladi qoʻmita rasmiy munosabatida.
Qoʻshimcha qilinishicha, pulni qaytarish uchun yozma murojaat taqdim etish talab etilmaydi — mablagʻlar avtomatik tarzda qaytariladi.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
- Sizni ajablantiradigan anʼanalar. Dunyo boʻylab yangi yil qanday nishonlanadi?
- Oʻzbekiston Prezidenti va xalqiga Yangi yil bayrami munosabati bilan samimiy qutlovlar kelmoqda
- “Lavozimim, unvonim bor, menga hech kim tegmaydi”, deganlar adashadi. Qonun oldida hamma teng!»
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring