Soliq huquqbuzarliklari haqida xabar berganlarga qancha mukofot toʻlangani ochiqlandi
Foto: Muhsin Umurzoqov / “Xalq soʻzi”
Oʻzbekistonda yil boshidan soliq huquqbuzarliklari haqida 63 mingdan ortiq murojaat kelib tushdi. Bu haqda Soliq qoʻmitasi axborot xizmati maʼlum qildi.
Bildirilishicha, 2025-yilning oʻtgan 7 oyi davomida “Soliq” mobil ilovasining “Soliq hamkor” tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 63 988 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
• 57 672 tasi xarid cheki bermaslik;
2 278 tasi toʻlovni plastik karta orqali qabul qilmaslik;
• 145 tasi plastik karta uchun xarid summasini oshirish;
• 3 893 tasi boshqa turdagi huquqbuzarlik holatlari boʻyicha.

Qayd etilishicha, murojaatlarning 31 423 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotgani sababli koʻrib chiqilmagan. Murojaatlar asosida 25 924 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 98,9 foiz holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Qoʻmita taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 27 451 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20 foiz) 19,7 mlrd soʻm mukofot toʻlangan.
Tavsiya etamiz
Ko‘p o‘qilganlar
- Oʻrta Osiyodagi eng baland yangi yil archasi — Namanganda
- Oʻzbekistonda YTT va oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar QR-kodsiz faoliyat yuritsa jarimaga tortiladi
- Yaldo tuni: Yerliklar bugun eng uzun tun va eng qisqa kunga guvoh boʻladi
- Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot sovrindorlari maʼlum boʻldi
- Hokim yordamchisi kimga yordamchi?
- Xonanda Rahmatillo Yusupov 44 yoshda vafot etdi
Izohlar
Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring